loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Millatimizning bosh qo’shig’ini kuylayotgan yoshlar

  Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur,o‘ziga xos faxr va yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, maslak va maqsadi mujassamdir. Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollardir. Madhiyamiz yangraganda biz ruhan jo‘shqinlikni, azmu shijoatimiz oshganini qalbimizda g‘urur va buyuk istiqbolga ishonch tuyg‘usini his etamiz. NavDPI “Matematika-informatika” va “Fizika-texnologiya” fakultetlarida har kun erta tongdan, yuksak vatanparvarlik tuyg‘usini mujassam etgan madhiyamiz ustoz murabbiylar hamda talabalar tomonidan zo‘r ishtiyoq bilan ijro etilmoqda. “Vatanga muhabbat ruhida kamol topishiga xizmat qilayotgan millatimizning bosh qo‘shig‘ini, yoshlarimiz kuylay boshlaganida sevinchdan hayajonga tushamiz. Bunday lahzalarda xalq  va Vatan ulug‘langan qo‘shiq yoshlar qalbiga yuksak va beg‘ubor tuyg‘ularni jo etishga, bu yorug‘ olamni yanada munavvar ko‘rsatadigan ilohiy mo‘jiza ekanligiga yana bir bor amin bo‘lamiz. Yurtning eng ulug‘ qo‘shig‘ini e’zozlash, yod olish va baralla kuylash har bir yurtdoshimizning burchidir…”-dedi “Matematika-informatika” fakulteti dekani, PhD .A.Norbekov.