loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

NDPI akademik litseyida tadbir tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” 2024-yil 15-avgustdagi PQ-292-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadidа Navoiy davlat pedagogika instituti qoshidagi akademik litseyida Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Unda hamkor tashkilotlar vakillari — O’zbekiston Musulmonlari idorasi Navoiy viloyat vakilligi, viloyat bosh imom xatibi Tohir Ro’ziyev, «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiyi», faxriy o’qituvchi Mustafo Eraliyev, akademik litseyi ijrochi direktori Fazliddin Muhammadqulov, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyat bo’limi etakchi mutaxassisi, nosir Jamshid Berdiyevlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Navoiy viloyat bosh imom xatibi T. Ro’ziyev Imom Termiziyning hayoti va ilmiy merosi xususida, Sharq va Islom dunyosi allomalarining insoniyat tamadduniga qo’shgan ulkan hissasi to’g’risida batafsil so’zlab berdilar. Shuningdek, o’quvchi yoshlarga odob-axloq, ilm yo’lida sobit bo’lish, ustoz-shogird munosabatlari mustahkamligi haqida nasihatlar qilindi.
Imom Termiziy ilmiy merosining bugungi kundagi ahamiyati, allomaning bir qator asarlari sharhiga oid fikrlari bilan Yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyat bo’limi etakchi mutaxassisi Jamshid Berdiyev o’rtoqlashdi.
Tadbir so’nggida litseyning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan Imom Termiziy o’gitlari yod aytildi.