loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Oliygoh rektori Tabiiy fanlar hamda Jismoniy madaniyat fakultetlarining dars mashg’ulotlari bilan tanishdi

Joriy yilning  9-oktyabr kuni Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov Tabiiy fanlar hamda Jismoniy madaniyat fakultetlarida bo‘lib, talabalarga yaratilgan sharoitlar, dars jarayonlari bilan tanishdi.

Ta’lim dargohi rahbari talabalar bilan suhbatda bo‘lib, yoshlar Davlatimiz tomonidan berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishlari, sifatli bilim olishlari, kitob mutolaasi bilan shug’ullanishlari, ona tilimizdan boshqa xorijiy tillarni ham mukammal o‘rganishlari haqida to‘xtaldi. Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasasi talabalarga har bir masalada yordam berib, hamisha qo‘llab-quvvatlanishi bildirildi. Shuningdek, institut rektori axborot resurs markazini ko‘zdan kechirib, o‘zining takliflarini berdi.
Ayni paytda esa oliygoh rahbari 1-sonli talabalar turar joyida talabalar bilan ushrashuv o‘tkazmoqda.