loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti kechki taʼlim shakli talabalari bilan muloqot qilindi

   Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultetida boʻlib, kechki boʻlim talabalari bilan muloqot qildi. Mamlakatimizda yoshlarning taʼlim olishi va turli yoʻnalishlarda faoliyat olib borishlari uchun barcha sharoitlarni yaratilgan. Talabalardan faqat sifatli taʼlim olib, kelgusida yetuk mutaxassis boʻlishlari hamda Vatanimiz uchun sitqidildan xizmat qiladigan insonlar boʻlib yetishishlari talab etiladi. “Yoshlar – Oʻzbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi”, deya e’tirof etilishi ham bejizga emas. Sababi, bugun yaxshi bilim olgan talaba ertaga yosh avlodni tarbiyalaydi, ularga bilim, ilm beradi. Taʼlim dargohi rahbari Muxiddin Kalonov Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultetning kechki boʻlim talabalari bilan koʻrishar ekan, bugun ular sifatli ilm olishlari, kitob mutolaa qilishlari, institutda tashkil etiladigan turli tanlov va tadbirlarga, sportga faol boʻlishlari, kasb-hunar egallashlari uqtirildi. Shuningdek, talabalar institut ichki-tartib qoidalari va odob-axloq kodeksiga amal qilishlari boʻyicha kerakli tavsiyalar berildi.