loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institut rektori dars mashg’ulotlari bilan tanishish maqsadida San’atshunoslik fakultetida bo‘ldi

  Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov San’atshunoslik fakultetida bo‘lib, kechki ta’lim shakli talabalariga dars o‘tish texnikasi va metodikasi, ta’lim sifati bilan tanishdi. Ertangi kun egalari bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashga mas’ul bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni yangicha usuldagi metodlar qo‘llash orqali dars jarayonini tashkil etish hamda talaba-yoshlar uchun kerakli barcha sharoitlarni yaratish bo’yicha tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, Vatanga muhabbat va shukronalik kabi tuygʻularni yanada oshirish, talabalar puxta bilim olib, professor-oʻqituvchilardan sifatli taʼlim egallashlari, kitob oʻqishlari, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyat va eʼtibordan unumli foydalanishlari, doimiy izlanishda boʻlishlari, sport bilan shug’ullanishlari haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, talabalarning muammolari, taklif va tashabbuslari so‘raldi.