Oʻzbekiston Resbuplikasi Oliy Majlis Senatining oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan xotin-qizlarda liderlik koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirish borasida tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish borasidagi vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, 11-oktyabr — “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika institutida “Sening tashabbusing — sening kelajaging uchun” shiori ostida “Rahbar va lider qizlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor D.Narzikulova, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi — Xotin-qizlar kengashi raisi N.Tursunova, fakultetlardan ayol professor-oʻqituvchilar, tyutorlar hamda talaba qizlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida talabalarning qiziqarli chiqishlari, turli mavzularda tayyorlagan ishlari taqdimoti oʻtkazildi. Shuningdek, tadbirlarda, tanlovlarda faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh talabalar taqdirlandi.