loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Tibbiyot fakultetida Klinik fanlar kafedrasi tashkil etildi

Talabalarga sifatli ta’limni tashkil etish bo‘yicha Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonovning tashabbusi bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy ilmiy markazining Navoiy filialida “klinik fanlar” kafedrasi tashkil etildi.

Bugun oliygoh rektori Tibbiyot fakultetiga qarashli davolash profilaktik muassasalaridagi professor-o‘qituvchilarning amaliy dars jarayonlarini borishi va talabalarning darsga ishtiroki bilan tanishdi, talabalar bilan muloqot qildi. Talabalarning kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lishlari uqtirildi.
Fakultet professor-o‘qituvchilarining yoshlarga bilim berishda o‘z ustlarida muntazam ishlashlari, ilmiy izlanish olib borib fakultetning ilmiy salohiyatini ko‘tarishlari haqida kerakli maslahatlar berildi. Shuningdek, Jahon standartlariga mos keladigan zamonaviy labaratoriya xonalarini tashkil qilish, fakultetning moddiy texnik bazasini yaxshilash, xorijdan tibbiy uskuna va o‘quv adabiyotlarini xarid qilish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.
Kelgusida ushbu fakultet tarkibida “Pediatriya”kafedrasini ochish kerakligi qayd etildi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Tibbiyot fakultetida jami 342 nafar talabalar (“Davolash ishi” hamda “Pediatriya ishi” yo‘nalishlarida) tahsil oladi.