Navoiy davlat pedagogika instituti Rus va qozoq filologiyasi fakultetida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida tabiiy va texnogen ofatlarni oldini olish va tayyor bo‘lishga qaratilgan o‘quv-amaliy mashg’ulot o‘tkazildi.
Jarayonda Fuqaro va mehnat muhofazasi bo’limi boshlig’i L.Cho‘tboyev hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan tabiiy ofatlarni bartaraf etishda muhim omillardan sanalgan fuqaro muhofazasini ta’minlash, aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatish kabi masalalar bo‘yicha batafsil tushunchalar berilib, maxsus qutqaruv otryadi xodimlari oʻzlarining texnikalari va asbob-uskunalari koʻrgazmasini namoyish etishdi.