loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida bayram tadbiri o‘tkazildi

“1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan NDPI O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida “Ta’zim sizga, aziz ustozlar!” nomli bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Erta tongdan fakultetda faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilar hamda tyutorlar anvoyi gullar va musiqa sadolari ostida bayramona kutib olindi. Ular haqida eng ezgu so’zlar, purma’no shohbaytlar, dilbar kuy-qo’shiqlar, jozibador raqslar ijro etildi.                      Minnatdorlik izhori sifatida fakultet dekani va kafedra mudirlari tomonidan bayram tabriklari yangradi. Inson qadrini ulug’lash, pedagoglik kasbiga muhabbat — oliygohimizda ustuvor qadriyat sifatida baholanishining yana bir bor isboti bo’ldi.