loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Kikboksing boʻyicha Jahon kubogida institutimiz talabalari munosib ishtirok etdi

Shu yilning 24-29-sentabr kunlari Toshkent shahrida sportning «Kikboksing» turi bo’yicha Jahon kubogi bellashuvlari bo’lib o’tdi. 64 davlatdan sportchilar ishtirok etgan ushbu musobaqada Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti talabalar ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Jumladan, 1-bosqich talabasi Ro’ziqulov Hayotjon erkaklar o’rtasida 51 kg vaznda barcha raqiblarini mag’lub etib, faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi va oltin medalga ega bo’ldi. Shuningdek, 1-bosqich talabasi Norov Bahrom erkaklar o’rtasida 71 kg vazn toifasida faxrli 3-o’rinni egallab, bronza medalini qo’lga kiritdi.

Talabalarimizni ushbu g’alaba bilan tabriklaymiz. Keyingi faoliyatlarida ham omad tilaymiz!