loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Ustoz va murabbiylar uchun bayram tadbiri tashkil etildi

Joriy yilning 29-sentyabr kuni “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Navoiy shahridagi “Tinchlik” to‘ylar maskanida Navoiy davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari uchun tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.

Bayram tadbirida oliygohning 600 dan ziyod professor-o‘qituvchilar tarkibi, ishchi xodimlari, shu bilan birga faxriy mehmonlar, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirni institut rektori, professor Muxiddin Kalonov ochib berdi va “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan soha vakillarini muborakbod etdi. Shuningdek, “NKMK” boshqaruv raisi, “O‘zbekiston qahramoni”, senator Quvondiq Sanaqulov barcha o‘qituvchilarni bayram bilan tabriklab, institutning kelgusi faoliyatiga zafarlar tiladi.

Tadbir dasturi doirasida oliygohda taʼlim samaradorligini oshirish, yoshlarga taʼlim-tarbiya va zamonaviy fan sohalarini egallashda oʻz xizmatini ayamagan, institut ravnaqi yo‘lida oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan professor-oʻqituvchilar institutimiz rektori Muxiddin Kalonov tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar. Shuningdek, “Rektor kubogi” sport musobaqalari sovrindorlariga vaucherlar topshirildi.

Bayram xalqimiz e’zozidagi san’atkorlarning kuy-qo‘shiq va navolari hamda so‘z ustalarining chiqishlari hamohangligida olib borildi. Bir so‘z bilan aytganda, tadbir yuqori saviya, ko‘tarinki ruh va taassurotlarga boy tarzda o‘tkazilib, barcha uchun esda qolarli tarzda yakunlandi. Tadbir so‘nggida qatnashchilari tashkilotchilarga o‘z minnatdorliklarini izhor qildilar.