loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

USTOZLAR HURMATI – BIZGA AJDODLARDAN MEROS

Dunyoda hurlikdan-da ulug‘roq ne’mat bo‘lmasa kerak. Shu sababdan mustaqilligimizning qadriga yetish, jonimiz evaziga bo‘lsa-da asrab-avaylash va uning ahamiyatini avlodlarga uqtirish har birimizning burchimizdir. O‘tgan davr mobaynida yurtimiz har jabhada yuksak yutuqlarga erishdi. Amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, o‘zgarishlarni har birimiz o‘z hayotimizda his qilib turibmiz. Vatanimiz taraqqiyotining yangi bosqichida bu islohotlar izchil davom etmoqda. Mamlakatimiz o‘z oldiga Yangi O‘zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish kabi ulug‘ maqsadlarni qo‘ygan va unga tomon ildam odimlamoqda.
Mustaqilligimizning 33 yilligi tantanalarining shukuhi so‘nmay turib, yana bir ulug‘ bayram — 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni ham keng nishonlanmoqda. Prezidentimiz yuqorida ta’kidlagan maqsadlarga erishishda, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda, albatta, ustozlarning o‘rni beqiyos.

Fursatdan foydalanib, qadrli ustozlar, aziz hamkasblar, sizni bayramingiz bilan chin qalbimdan qutlayman. Kelgusi faoliyatingizda zafarlar yor bo‘lsin! Har biringiz belni mahkam bog‘lab, yurt rivoji, millatning porloq kelajagi, baxt-u iqboli uchun tinim bilmay mehnat qilib kelmoqdasiz. Bugun zamonaviy bilimlarni puxta egallab, katta umid va ishonch bilan hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlar kamolida sizning beqiyos hissangiz borligini yaxshi bilamiz va bu ulug‘ xizmatingizni qadrlaymiz. Yurtimizning keyingi taraqqiyoti aynan ta’lim tizimiga, xususan, oliy ta’lim muassasalari yetishtirayotgan kadrlar sifatiga bog‘liq. So‘nggi yillarda bu borada ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi va davom etmoqda. Yangidan yangi OTMlar faoliyat boshladi, ta’lim sifati o‘zgardi, bir vaqtlar o‘qituvchining yo‘qotilgan qadr-qimmati va hurmati tiklandi, har jabhada ta’limga va ta’limning yuragi bo‘lgan siz azizlarga yangi imkoniyatlar va imtiyozlar eshigi ochilmoqda. Sizdan talab qilinadigani faqat zimmangizdagi burchni sharaf bilan o‘tash va “USTOZ” atalmish tabarruk nomga munosib bo‘lishdir.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Eng muhimi, o‘qituvchi chinakam vatanparvar inson bo‘lishi zarur. Qalbida o‘z kasbiga, Vataniga mehr va sadoqat kuchli bo‘lgan o‘qituvchigina haqiqiy vatanparvar shaxsni tarbiyalay oladi”.

Aziz va qadrli talabalar!
Institutimizni tamomlab, ko‘pchiligingiz hayotingizni bu ulug‘ kasbga bog‘laysiz, bag‘ishlaysiz. Shu sababdan sizni-da ushbu ulug‘ ayyom bilan qutlayman! O‘qib-o‘rganishdan charchamang! Barchangizga bayram muborak bo‘lsin!

Xurmat va ehtirom bilan,
Muhiddin KALONOV, Navoiy davlat pedagogika
instituti rektori.