loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida “Sizga ta’zim, ehtirom, Aziz ustozlar!” nomli ma’naviy- ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi

Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat- ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab va ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi. Darhaqiqat, ustozga ehtirom- insoniy fazilatdir.

Joriy yilning 28-sentyabr sanasida Navoiy davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta‘lim fakultetida «1-oktyabr- Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan «SIZGA TA’ZIM, SIZGA EHTIROM, AZIZ USTOZLAR» nomli ma’naviy- ma‘rifiy tabdir tashkil qilindi.

Tadbir davomida Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti dekani G. Shamsidinova tomonidan fakultetda samarali mehnat qilayotgan, dars jarayonlarini yuqori malaka bilan tashkil etadigan va o‘z kasbining fidoyisi bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, fakultet talabalarining ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy tarbiya sohasidagi muhim o’rni uchun guruh murabbiylari hamda iqtidorli talabalarning mehnati e’tirof etilib, faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, tadbirda «Do’stlik» ordeni sovrindori, «Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi» davlat muassasasining «Navoiy» hududiy boshqarmasi «Farhod» madaniyat saroyi yakkaxon xonandasi S. Janaxmetovning tashrifi, fakultet talaba-yoshlari tomonidan kuylangan va ijro qilingan ustozlarni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar, raqs va she‘rlar hamda talabalar hayotiga oid hajviy chiqishlar barchaga ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, xush kayfiyat ulashdi!