loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Futbol bo‘yicha kuchli terma jamoalar aniqlandi

Navoiy davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar hamda ishchi xodimlar o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari o‘z nihoyasiga yetdi.

Bugun, 28-sentabr kuni yarim final hamda final baxslari bo‘lib o‘tdi. Yarim finalda Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi Fizika-texnologiya jamoasi bilan 0:0 kechgan baxsda penaltilar seriyasi orqali 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Rektorat jamoasi Matematika-informatika fakulteti jamoasi ustidan 4:1 hisobida g‘alabaga erishib, finalga yo‘l oldi. Finalda mag‘lubiyatga uchrayotgan Rektorat jamoasi yakunda “kambek” ko‘rsatib, Jismoniy madaniyat fakulteti ustidan 6:4 hisobida g‘alabaga erishib, 2024-yilgi mavsum chempionligini qo‘lga kiritdi. Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi 2-o‘rinni egalladi.

3-o‘rin uchun o‘yin 29-sentabr kuni soat 9:00da Matematika-informatika fakulteti hamda Fizika-texnologiya fakultetlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.