loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” sport musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Xabar berganimizdek, Navoiy davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlar o‘rtasida “Rektor kubogi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Sportning futbol turi bo‘yicha o‘tkazilayotgan bellashuvlarning rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi.

Unda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov, institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirning kirish qismida so‘zga chiqqan oliygoh rektori Muxiddin Kalonov bugungi kunda barcha sohalarda bo‘lgani kabi sportga ko‘rsatilayotgan e’tibor, sportchilar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar va imtiyozlar, erishilayotgan ulkan g’alabalar haqida to‘xtaldi. Institutimiz talabalari Respublika va jahon arenalarida, yirik sport musobaqalarida Davlatimiz bayrog’ini yuksaklarga ko‘tarishga ishonch bildirib, ishtirokchilarga omad tiladi.