loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institut kengashining navbatdagi yig’ilishi o‘tkazildi

Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti Kengashining 2-sonli yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Kengashni institut rektori, professor Muxiddin Kalonov olib bordi.

Kun tartibiga ko‘ra 4 asosiy masala — ijro intizomi, institutning moddiy-texnik bazasi, binolarning saqlanishi, qurilish-ta’mirlash ishlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, talabalar va xodimlarning texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasini takomillashtirishning holati; Vazirlar Mahkamasining 605-sonli qarori ijrosi; institutining ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish maqsadida har bir kafedraning ilmiy tadqiqot mavzusini tasdiqlash; shuningdek, bir nechta turli masalalarda ilmiy unvonga tavsiya etish; Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining topshirig’iga ko‘ra, institut faoliyatini tahlil qilish maqsadida kelgan ishchi guruhning ma’lumoti jamoaga yetkazish hamda belgilab berilgan muhlatlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarni tasdiqlash; doktorlik dissertatsiya mavzularini tasdiqlash va ilmiy rahbar tayinlash; darslik, o‘quv qo‘llanmalarni nashrga tavsiya etish; raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar; malaka oshirish rejasiga kiritilgan rahbar va pedagog kadrlarning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi o‘quv faoliyati va attestatsiya natijalari tahlili; institutga biriktirilgan og‘ir toifadagi oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha berilgan topshiriqlarning Navbahor tumani Sarbozor mahallasidagi ijrosi; “Fakultetlararo chet tillar” kafedrasi mudiri Pirmanova Gavxar Nazarkulovnaning ijodiy ta’til yakuni bo‘yicha hisoboti; “NavDPI faxriy professsori” Nizomi, diplom va ko‘krak nishoni shaklini tasdiqlash kabi masalalar ko‘rib chiqilib, kengash a’zolari tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Har bir ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar hamda vazifalar yuklandi.

Shuningdek, kengash yig’ilishi yakunida Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani To’xtayeva Qo‘ysin Davlatovna hamda kafedra mudiri Qodirova Dildora Shamsiddinovnani tavallud ayyomlari munosabati bilan institut rektori gullar bilan muborakbod etdi.