Navoiy davlat pedagogika instituti “ELTUZ” telegram kanalida “Taʼlim sohasida soxta diplom berish qachon tugatiladi?” sarlahvali eʼtiroz yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.
Navoiy davlat pedagogika institutida ilmiy salohiyatni yuksaltirish, ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, professor-oʻqituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy tadqiqot faoliyatga keng jalb etish maqsadida ilmiy kengash ochilgan.
OAK Rayosatining tegishli qarori bilan institut huzuridagi ilmiy kengash nizom talablariga rioya qilingan holda tuzilgan, jumladan, institutda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarida 300 nafardan ortiq izlanuvchi ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanib kelmoqda; institutda ilmiy salohiyat mavjud, nizom talablarida ko‘zda tutilgan talablarga amal qilingan (institutda 23 nafar fan doktori, 176 nafar falsafa doktori hamda professor va dotsent ilmiy unvoniga ega mutaxassislar mavjud; ilmiy kengashni ochish bo‘yicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi murojaat qilgan (08.07.2024-y., №4/4-11704). Ilmiy kengashni tuzishda inson omilining taʼsiri boʻlmagan.
2024-yilning iyun oyida Buyuk Britaniyaning Times Higher Education (Impact Rankings) THE reyting agentligi – dunyo universitetlarining BMT – “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga (SDGs) muvofiqligini baholovchi global reytingda 17 ta yoʻnalish boʻyicha Navoiy davlat pedagogika instituti ilk bor TOP – 1000 talik Oliy oʻquv yurtlari qatorida qayd etildi.
Shu oʻrinda, oliygoh sifatli taʼlim boʻyicha 401-600 oʻrinda eʼtirof etildi. Shuningdek, “University Impact Ranking-2024” natijalarida institut — Gender tengligi boʻyicha 401-600 oʻrinda, qayta tiklanuvchi energiya boʻyicha 601-800 oʻrinda, sanoat innovatsiyasi va infratuzilmasi boʻyicha 601-800 oʻrinda, ekotizimlarini asrash boʻyicha 801+ oʻrinlarini egallagan.
Institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Dilnoza Narzikulovani majlislardagi soʻkinadi degan soʻz esa mutlaqo asossiz va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Institut prorektorining odob-axloq qoidalaridan chiqish holati kuzatilmagan, bu borada professor-oʻqituvchilar yoki talabalar tomonidan eʼtiroz boʻlmagan.
Shuningdek, prorektor D.Narzikulovaning lavozimga tayinlanishi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻi bilan amalga oshirilgan. Bu jarayonda uning turmush oʻrtogʻi IIBda ishlashi inobatga olinmagan.
“ELTUZ”ga qilingan yana bir murojaatda Shaxinaxon Husenovaganing mutaxassis emasligi, oʻqituvchi prorektorning shogirdi ekanligi haqida vajlar keltirilgan. Pedagogika va psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi boʻlgan Sh.Husenova mehnat qonunchiligi asosida ishga qabul qilingan. Prorektor va oʻqituvchining ustoz-shogirdligi esa yomon holat emas. Aksincha barcha oliy taʼlim muassasalarida jumladan, Navoiy davlat pedagogika institutida ham ustoz-shogird anʼanalari yoʻlga qoʻyilgan.
Shuningdek, murojaatchi institut Kasaba uyushmasi raisi Normurod Bekmurodovning oʻz mutaxassiligi boʻyicha dars bermayotgani haqida yozgan. Hozirda Institut Kasaba uyushmasi raisi Normurod Bekmurodov amaldagi mehnat qonunchiligi asosida (0,5) tashqi oʻrindosh sifatida talabalariga dars berayotganini maʼlum qilamiz.
Bugun Navoiy davlat pedagogika institutida Prezidentimiz olib borayotgan keng koʻlamdagi islohotlarni amalga oshirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Institutda faoliyat olib borayotgan koʻp sonli professor-oʻqituvchilarining mehnatlari, talabalarining Xalqaro arenalardagi yutuqlari bilan ham obro‘li oliygohlardan biri hisoblanadi.
Shu bois ham institutga nisbatan bo‘hton, tuxmat va boshqa igʻvolarni uyushtirish, asoslanmagan maʼlumotlarni tarqatish qonunchilikka ham, milliyligimizga ham toʻgʻri kelmasligini yana bir bor eslatib oʻtmoqchimiz.