loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Qashqadaryoda akademik Qalandar Abdurahmonovning “Inson kapitali va sunʼiy intellekt” ilmiy maktabi ochilishi boʻlib oʻtdi

Bugun Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 1-sonli oʻrta taʼlim maktabida Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi Qalandar Abdurahmonovning “Maktab – oliy ta’lim – akademiya” integratsiyasi doirasida “Inson kapitali va sunʼiy intellekt” ilmiy maktabining ochilish marosimi oʻtkazildi. Dastlab marosim ishtirokchilari ilmiy maktabning tantanali ochilish marosimida ishtirok etishdi. So‘ng ilmiy maktab bo‘ylab sayohat uyushtirildi.

“Inson kapitali va sunʼiy intellekt” ilmiy maktabining ochilish marosimiga bagʻishlangan anjumanda Respublikamizning koʻzga koʻringan ilm-fan arboblari, olimlari qatorida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov ham ishtirok etib, nutq soʻzladi. Olimning ilmiy faoliyati, bosib oʻtgan mashaqqatli hayot yoʻli, ortirgan boy tajribasi haqida oʻz fikrlarini bildirdi hamda oʻzining esdalik sovgʻalarini armugʻon etdi.