loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Yoshlar yetakchisi hisobot saylovi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy davlat pedagogika instituti boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi raisi J.Jumayev, Navoiy davlat pedagogika instituti birinchi prorektori X.Qurbonov hamda barcha fakultetlardan talabalar ishtirok etdi.

Jarayon samimiy ruhda o‘tib, dastlab nomzodlar yetakchilarning bir yillik faoliyatini ko‘rib chiqdilar.

Shundan so‘ng g‘olibni aniqlash ochiq ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Akmal Zokirov eng ko‘p ovoz bilan institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi etib saylandi.

Shuningdek, 18 nafar fakultet koordinatorlari va 30 nafar “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari ovoz yig’ish orqali saylandi.