loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Reja-moliya bo‘limi boshlig’i lavozimiga tayinlov amalga oshirildi

Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining tegishli buyrugʻi bilan Nizomiddinov Sanjar Mardanovich reja-moliya bo‘limi boshlig’i lavozimiga tayinlandi.
Ushbu lavozimda ishlab kelgan Farhod Qutbitdinov boshqa vazifaga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

S.Nizomiddinov 1986-yilda tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy, 2010-yilda Toshkent moliya institutini, 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi: moliya, korporativ moliya va qimmatli qog’ozlar bozori.

Sanjar Nizomiddinov ko‘p yillar moliya-iqtisod sohasida ishlab, tajriba ortirgan. Tayinlovga qadar AT “Xalq bank” Toshkent shahar Chilonzor filiali “Shuxrat” bank xizmatlari markazi boshlig’i, AT “Xalq bank” Navoiy shahar bank xizmatlari markazi boshlig’i lavozimlarida faoliyat yuritgan.