loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institutda “Rektor kubogi” musobaqalari boshlandi

Navoiy davlat pedagogika institutida faoliyat olib borayotgan erkak professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalariga start berildi.

Dastlabki kunda quyidagi natijalar qayd etildi: Rektorat hamda O‘zbek tili va adabiyoti — 6:1, Fizika-texnologiya — Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim — 3:0, Tabiiy fanlar va Tibbiyot — 3:0, Ingliz tili va adabiyoti — San’atshunoslik — 3:1, Jismoniy madaniyat — Tarix — 10:0, Matematika-informatika hamda Rus va qozoq filologiyasi — 3:0.
“Bu yilgi musobaqa o‘zgacha o‘tkazilmoqda, sababi bu yilgi musobaqada institut talabalariga dars o‘tish maqsadida kelgan hindistonlik professor D.Rao Fizika-texnologiya fakulteti jamoasi tarkibida tup surmoqda. Bu shuni anglatadiki, O‘zbekiston – Hindiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali samarali hamkorlik, do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini ifoda etadi” – Temur Jemilov, sport murabbiysi.