Navoiy davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo’limi hamda profilaktika inspektori tomonidan Tabiiy fanlar hamda Tibbiyot fakultetlari 1-bosqich talabalari ishtirokida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
Unda bo‘lim boshlig’i A.Xalikov talabalarga «Komplayens-nazorat» tizimi tuzilmasi, amalga oshirilgan loyihalar, korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha «Talaba yoshlar klubi» faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berdi, bo’limning ishonch telefon raqamlari, telegram murojaat bot manzili (@NavDPI_anticor_bot) yetkazilib, turli xil korrupsion holatlarga duch kelganda murojaat qilishlari tushuntirildi.
Shuningdek, institut profilaktika inspektori mayor N.Hayitov tomonidan talabalarga o’tgan o’quv yili davomida amalga oshirilgan profilaktik ishlar, sodir etilgan huquqbuzarliklar, institut ichki-tartib qoidalari, «Odob-axloq kodeksi» hamda kiberjinoyatlar qurboni bo’lib qolmaslik xususida tushuntirish ishlari olib borildi.