loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Shoira, jurnalist, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi Salima Umarovaning asarlari taqdimoti o‘tkazildi

Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, faxriy jurnalist, shoira Salima Umarovaning qutlug‘ 70 yoshi hamda fidoyi ijodkorning 4 jildlik asarlari taqdimoti munosabati bilan “Sajdagohim — Vatan, suyukligim — xalq” nomli adabiy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Unda respublikamizning bir qator taniqli ijodkorlari, yozuvchi va shoirlar, adibaning yaqinlari, shogirdlari, talaba yoshlar — adabiyot muxlislari ishtirok etdi va Salima Umarova shaxsi hamda serqirra ijodi yuzasidan samimiy fikrlar bildirildi.

Adabiyot bayramiga aylangan badiiy kechada Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov ishtirok etib, Salima Umarovaning qutlug’ 70 yoshli yubileyi va kitob taqdimoti bilan tabrikladi, esdalik sovg’alarini tuhfa etdi.