loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institutda KPI tizimini joriy etish yuzasidan seminar tashkil etildi

Navoiy davlat pedagogika institutida milliy va xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallash, professor-o‘qituvchilarning faoliyatini jahon standartlari asosida baholash va rag‘batlantirib borish maqsadida pedagog xodimlarning mehnat samaradorligini belgilovchi tizim —KPI (Key performance indicator) boʻyicha Termiz davlat universiteti tajribasi bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Dastlab institut rektori, professor Muxiddin Kalonov Termiz davlat universitetidan tashrif buyurgan mutaxassislar bilan uchrashib, oliygoh faoliyati, natijalari va ilmiy salohiyat haqida to‘xtaldi. Shuningdek, KPI tizimini joriy etish, ta’lim samaradorligi va sifatini oshirishdagi o‘rni xususida fikrlar almashildi.

Shundan so‘ng Termiz davlat universiteti mutaxassislari, mas’ul rahbarlari tomonidan KPI ko‘rsatkichlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar va kelgusida kutilayotgan natijalar xususida professor-o‘qituvchilar, bo‘lim boshliqlari va xodimlarga tushuntirishlar berildi.