loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institut rektoriga “Sarbozor” mahallasida yashovchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar biriktirilgan boʻlib, ushbu oilalar bilan tizimli ishlar yoʻlga qoʻyildi

Yurtimizda kam taʼminlangan, oʻzgalar koʻmagiga muhtoj va imkoniyati cheklanganlar holidan xabar olish azaliy qadriyatlardan hisoblanadi.

Ayniqsa, muhtojlarni koʻnglini koʻtarish hamda ularga har tomonlama yordam koʻrsatish odamiylikning eng oliy koʻrinishidir.

Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan selektorda aholini kambagʻallikdan chiqarish maqsadida korxona, tashkilot, muassasasalar rahbarlariga kamida 5 tadan oila boʻlib berilishi aytilgan edi.

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonovga Navbahor tumani “Sarbozor” mahallasida yashovchi, ijtimoiy ahvoli yaxshi boʻlmagan 7 ta xonadon biriktirilgan boʻlib, ushbu oilalar bilan tizimli ishlar yoʻlga qoʻyildi.

Instituti rektori Muxiddin Kalonov biriktirilgan xonadon egalari bilan uchrashdi. Ularning muammolarini oʻrgandi . Amaliy yordam berish boʻyicha tegishli vazifalar belgilandi. Xususan, oila vakillarini yashash joyi bilan taʼminlash, kuz-qish mavsumida uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash hamda yangi uy-joy qurishga koʻmaklashish, oilalarning moddiy ahvolini yaxshilash hamda bandligini taʼminlash, “yagona ijtimoiy reyestri”ga kiritish, farzandini imtiyoz asosida maktabgacha taʼlimga qamrab olish, sogʻligida muammosi boʻlganlarni tibbiy muolajaga yoʻnaltirish kabi masalalarni hamkor tashkilotlar bilan hal etish masalalari ijobiy yechim topmoqda.

Ayni paytda mazkur mahalladagi 7 ta oilani kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha yangi tizim asosida ishlar olib borilyapti.