Unda A.Xalikov talabalarga «Komplayens-nazorat» tizimi tuzilmasi, amalga oshirilgan loyihalar, korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha «Talaba yoshlar klubi» faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berdi, bo’limning ishonch telefon raqamlari, telegram murojaat bot manzili (@NavDPI_anticor_bot) yetkazilib, agarda korrupsion holatlarga duch kelganda murojaat qilishlari tushuntirildi.
Shuningdek, institut profilaktika inspektori, mayor N.Hayitov tomonidan talabalarga o’tgan o’quv yili davomida amalga oshirilgan profilaktik ishlar, huquqbuzarliklar va institutning «Odob-axloq kodeksi» mazmun-mohiyati hamda kiberjinoyatlar qurboni bo’lib qolmaslik, ma’muriy va jinoiy huquqbuzarliklar sodir etmaslik xususida tushuntirish ishlari olib borilib,ishonch telefon raqamlari yetkazildi.
Tadbir so’nggida talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.