Xotin-qizlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni o‘rganishlari, bandligini ta’minlash, olima qizlarni qo‘llab-quvvatlash, talaba qizlarni bo‘sh vaqtlarini ta’minlash uchun keng islohotlar amalga oshirilmoqda. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ijrosini ta’minlash maqsadida “Ilmli ayol-jamiyat koʻzgusi” shiori ostida Navoiy viloyati xotin-qizlar tadbirkorlik markazi, viloyati “Ziyokor” ayollar va yoshlar markazi, viloyat “Madadkor yoshlar” markazi, “Qizlarjonlar” klubi va Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informaatika fakulteti bilan hamkorlikda 3-sonli talaba-qizlar turar joyida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Talaba qizlar uchun markazda tashkil etilgan o‘quv kurslar haqida to‘liq ma’lumotlar berildi. Uchrashuvda Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti G.Norova, Matematika-informatika fakulteti dekan o‘rinbosari G’.Yusupov, viloyat “Qizlarjon” klubi bosh koordinatori G.Ravshanova hamda fakultetning tyutorlari ishtirok etib, talaba-qizlarimizni odob-axloqi, xayo ibosi, tozalik masalasi, institut va yotoqxona ichki tartib intizom qoidalariga rioya qilish, kiyinish hamda muomala madaniyati to’g’risida ham tushuntirishlar berdi hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida bepul kasb-hunar kurslari va xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quvlar tavsiya etildi.
Ma’lumot uchun, 3-sonli talabalar turar joyidada 300 nafar talaba-qizlar istiqomat qiladi. Uchrashuvda 50 nafardan ortiq matematika-informatika fakultetida ta’lim olayotgan qizlar ishtirok etishdi.Uchrashuv yakunida qizlarning xonalari, oshxona tozaligi ko‘rib chiqilib, qizlarning taklif muammolari o‘rganildi.