Bugun, 17-sentyabr kuni Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov 2-sonli talabalar turar joyini ko‘zdan kechirdi. Oliygoh rahbari yotoqxonada yoshlar uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, talabalarni oʻz uylaridagi kabi his qilishlari uchun barcha qulayliklarni yaratish borasida takliflarini bildirdi.
Shuningdek, talabalar bilan boʻlib oʻtgan samimiy muloqotda institut rektor ularni har doim qoʻllab-quvvatlashini taʼkidladi hamda talabalar uyida qanday muammo borligi bilan qiziqdi. Yoshlar yaratilgan sharoitlar uchun oʻz tashakkurlarini bildirib, agar biror bir muammo boʻlsa, darhol rahbariyatga maʼlum qilishlarini aytib oʻtishdi.
Shuningdek, masʼullarga talabalar turar joyi oshxonasini doimo toza va ozoda saqlashlari tushuntirildi.