Navoiy davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo’limi hamda profilaktika inspektori tomonidan Jismoniy madaniyat hamda Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetlari birinchi bosqich talabalari ishtirokida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.
Unda A.X.Xalikov talabalarga «Komplayens-nazorat» tizimi tuzilmasi, amalga oshirilgan loyihalar, korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha «Talaba yoshlar klubi» faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berdi, bo’limning ishonch telefon raqamlari, telegram murojaat bot manzili (@NavDPI_anticor_bot) yetkazilib, turli xil korrupsion holatlarga duch kelganda murojaat qilishlari tushuntirildi.
Shuningdek, profilaktika inspektori, mayor N.Hayitov tomonidan talabalarga o’tgan o’quv yili davomida amalga oshirilgan profilaktik ishlar, institutning «Odob-axloq kodeksi» mazmun-mohiyati hamda kiberjinoyatlar qurboni bo’lib qolmaslik, ma’muriy va jinoiy huquqbuzarliklar sodir etmaslik xususida tushuntirish ishlari olib borilib, ishonch telefon raqamlari yetkazildi.
Tadbir so’nggida talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.