loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institutda Musfira Munavvar tavalludining 60 yilligiga bag’ishlangan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Navoiy davlat pedagogika institutining faollar yig’ingohida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, falsafa fanlari nomzodi, shoira Musfira Munavvar tavalludining 60 yilligiga bagʻishlangan ijodiy uchrashuv hamda ”Hur yoʻlchi“, ”Hayot hikmatlari“ toʻplamlarining taqdimoti boʻlib oʻtdi

Adabiy kechani Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov ochib, oʻzining eng samimiy tilaklarini, tabrigini izhor etdi.

Tadbirda poytaxtimiz Toshkent shahri va qoʻshni viloyatlardan bir guruh mehmonlar, milliy adabiyotimizning eng yorqin vakillari: Qutlibeka Rahimboyeva, Oygul Suyundikova, Goʻzal Begim, Oydinniso, viloyatdoshimiz taniqli shoir, tarjimon, ”Shuhrat» medali sohibi Vafo Fayzulloh, shuningdek, viloyatimizning koʻzga koʻringan ijodkorlari, shoir, yozuvchi va jurnalistlar ishtirok etishib, Musfira Munnavar ijodiga nazar solishdi, yozgan sherlaridan, hikoyalaridan namunalar keltirildi.

Adabiy-badiiy tadbirda Oʻzbek tili va adabiyoti hamda Tarix fakultetlari professor-oʻqituvchilari, talabalari ham oʻz chiqishlari, dil izhorlari bilan tadbirga oʻzgacha fayz baxsh etdi.