Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika-texnologiya fakultetida akademik mobillik kelishuvlari asosida xorijiy professor-o‘qituvchilarning talabalarga ma’ruza o‘qishlari, doktorant va magistrantlarga ilmiy rahbarlik amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.
Bunda asosiy e’tibor ushbu mobilliklar faqat dars mashg‘ulotlari bilan cheklanmasdan, kafedralar o‘rtasida ilmiy hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishiga qaratiladi.
Singapur, Malayziya, Tailand kabi davlatlar universitetlari yoshlari o‘rtasida ilmiy izlanishlar olib borgan, Hindistonlik doktor D.Rao ishtirokida birinchi bosqich talabalari bilan dars mashg‘ulotlari va turli uchrashuvlar tashkil etilmoqdi. Xususan, doktor D.Rao fizika-astronomiya ta’lim yo‘nalishi magistrantlari va bakalavr talabalariga fanning nazariy va amaliy masalalari bo‘yicha qiziqarli ma’ruzalar va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tish bilan birga auditoriyadan tashqari magistrlik dissertatsiyalari tayyorlashda tadqiqotlar o‘tkazishning zamonaviy usullari haqida ma’lumotlar berdi.
“Bugungi kunda O‘zbekistonlik yoshlarning tinimsiz izlanishlari, ilmga fidoyiligi, kuchli irodasi tufayli erishilayotgan ko‘plab yutuqlar dovrug‘i olamga taralmoqda. Siz kabi yoshlarga, mamlakatingizda yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘rib havasim keldi”– dedi, doktor D.Rao.