Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov 1-sonli talabalar turar joyida boʻlib, talaba-yoshlar bilan uchrashdi. Mahalliy va viloyatlardan kelgan talabalar bilan dildan ko‘rishib, samimiy va doʻstona suhbat qurdi.
Talaba yigitlar bilan boʻlib oʻtgan samimiy va doʻstona suhbatda yoshlar, avvalo, vatanparvar boʻlishlari, bugun ulardan kutilayotgan narsa, oʻzlari yashayotgan hamda taʼlim-tarbiya olayotgan maskanlarini hurmat qilishlari va oʻz uylaridek tutishlari, oldilariga qoʻygan maqsad sari faqat va faqat oldinga harakatda boʻlishlari zarurligi ta’kidlandi.
Shu bilan birga yoshlar koʻproq kitob mutolaa qilishlari, kelajakda yetuk mutaxassis boʻlishlari uchun tinimsiz izlanishlari, yaxshi va sifatli bilim egallashlari, sport bilan shugʻullanishlari, talabalar uyini toza, ozoda saqlashi, yaratib berilgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanishlari kabi tavsiyalar va maslahatlar berildi.
Institut rektori yotoqxona oshxonasini ko‘zdan kechirganda talabalar qanday ovqat tayyorlashayotganini guvohi bo‘ldi. Ularga ham oshxonani saranjom, ozoda tutishlari va iste’mol qiladigan taomlariga e’tiborli bo‘lishlari uqtirildi. Shuningdek, rektor talabalar bilan stol tennisi o‘ynadi.