loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Talabalar turar joyida “Talaba shou” konsert dasturi tashkil etildi

Navoiy davlat pedagogika instituti yoshlar ittifoqi BT Kengashi, Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi hamda 20022-sonli harbiy qism hamkorlikda yoshlarga xush kayfiyat ulashish maqsadida 3-sonli talabalar turar joyida “Talaba Shou” konsert dasturi o‘tkazildi.

Dasturda Navoiy davlat pedagogika instituti birinchi prorektori X.Qurbonov so‘z olib, institut rektorining tabrigini talaba-yoshlarga yetkazdi. Soʻngra yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi raisi J.Jumayev talabalarni yangi oʻquv yili bilan tabriklab barchaga omad tiladi.

Shuningdek, konsert dasturida 20022-harbiy qism Faxriy qorovuli, harbiy orkestri, harbiy qism xonandasi Ismoiljon Ikromovich chiqishlari hamda viloyatning yosh va talantli xonandasi Bahtiyor Hamrayevning kuy-qo‘shiqlari talabalarga juda manzur bo‘ldi.