loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

1-kurs talabalari uchun“Qatagʻon qurbonlari” xotira muzeyiga sayohat uyushtirildi

  Joriy yilning 12-sentabr kuni O‘zbek tili va adabiyoti va Ingliz tili va adabiyoti fakultetlarining tyutorlari tomonidan 1-kursiga qabul qilingan  talabalari uchun Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi “Qatagʻon qurbonlari” xotirasi muzeyiga sayohat uyushtirildi.

 “Moziyga qarab ish tutmoq-xayrli”,- deydilar. Shu vajdan tariximizning eng kir, eng qora zamonlaridan yana biri “Qatag‘on qurbonlari davri” va uning xalqimiz boshiga keltirgan behisob kulfatlari, jabr-u sitamlarini yodga olish va undan to‘g‘ri xulosa chiqarish bugungi avlodning Vataniy ishidir. U yerdagi elektron ma’lumotlar, turli tarixiy ko‘rgazmalar orqali chor istibdodi, I jahon urushi davri, Stalin shaxsiga sig‘inish, 1937-1938 yillar qatag‘oni, “Paxta ishi”, “O‘zbeklar ishi” dan muzey xodimlari keng ma’lumotlar berib o‘tdilar. Bu qutlug‘ tashrif haqida Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi xodimlari 13-sentabr kuni soat 20:00da namoyish etiladigan  “Altin aymaq” ko‘rsatuvi orqali batafsil ma’lumot beradilar. Sayohat talabalarning maʼnaviy dunyoqarashini,  tariximiz haqidagi bilimlarini oshirish bilan birga ulardagi bugungi tinch-osuda kunlarimizga shukronalik tuygʻusining kuchayishi uchun ham xizmat qildi.