loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Rektor topshirigʻi ijrosi taʼminlandi: 3-sonli talabalar turar joyi va oʻquv binosi joriy taʼmirlandi

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov topshirigʻiga binoan 3-sonli talabalar turar joyi toʻliq taʼmirlandi. Jumladan, yotoqxonaning tashqi va ichki qismlari taʼmirlanib, yoʻlaklariga rang berildi. Yorugʻlik chiroqlari, baʼzi xona pardalari, oshxona jihozlari, gaz plitalarining yaroqsizlari hamda yotoqxona oldidagi 28 dona oʻrindiqlar yangisiga almashtirildi.

3-sonli talabalar turar joyi, Ingliz tili va adabiyoti, rus va qozoq filologiyasi fakulteti hududini yoritish uchun 27 dona koʻcha chiroqlari (projektor) oʻrnatildi. Shuningdek, yotoqxona kanalizatsiya tizimi ham qayta rekonstruksiya qilinib, isitish tizimi -issiqlik generatori taʼmirlandi. Ingliz tili va adabiyoti va Rus va qozoq filologiyasi fakulteti oʻquv binosida ham taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.