loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Ma’rifat ulashib” loyihasi davom etmoqda

Joriy yilning  11-sentyabr sanasida Navoiy davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida yangi oʻquv yilining boshlanishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-bosqich talabalariga “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” va “Maʼnaviyat soatlari” oʻtkazildi.

Ushbu tadbirlarda viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari A. Muqimov, fakultet dekani G.Shamsidinova, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari Q.Umarov va fakultet tyutorlari ishtirok etib, mas’ullar tomonidan talabalarga mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati, u bergan yuksak imkoniyatlar va ushbu imkoniyatlardan oqilona foydalanish, Vatanni sevish va uni asrab-avaylash borasida zarur bilim va tavsiyalar berib o‘tildi.