loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institutda “Xon atlas” festivali o‘tkazildi

O‘zbekona zamonaviy kiyinishda atlasdan samarali foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 9-14- sentabr kunlari ikkinchi bosqichda respublikamiz bo’ylab “Xonatlas-2024” milliy festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “XON ATLAS” haftaligi doirasida “YURTIM TARIXI QADAR QADIM XON ATLAS” mavzudagi tadbir 2-sonli talabalar turar joyida tashkil etildi.

Tadbirni Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.X.Tursunova ochib berdi. Tadbirda fakultet Xotin-qizlari va viloyat «Oqila ayollar» harakatining faol xotin-qizlari hamda «Ustozlar» nodavlat-notijorat taskilotidan faxriy ustozlar tashrif buyrishdi.
Tadbir davomida iqtidorli talabalarimizning badiiy chiqishlari, dizayner talabalarimizning milliy va zamonaviy uslubdagi liboslar taqdimoti, rassomchilik, toʻquvchilik, qoʻl mehnatining namoyishi milliy tadbirimizga zavq baxsh etdi, shuningdek «Durdona» xalq-etnografik folklor jamoasining chiqishlari ham tadbir fayzini oshirdi.

Xon atlas milliy madaniyatimizning ajralmas qismi sifatida tarixiy va estetik ahamiyati bilan boy merosimiz namunasi sanaladi. Festivalda milliylik va zamonaviylik uyg‘unligi kreativ tarzda namoyon etilayotgani esa bunda alohida ahamiyat kasb etmoqda.