loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“Tanishtiruv haftaligi” davomida talabalarning institut bo‘ylab sayohatlari tashkil etilmoqda

Oliy taʼlim muassasalari 1-bosqich talabalarining tezroq oʻquv jarayoniga moslashishiga koʻmak berish, talabalarni institutda tashkil etilgan loyihalar va tanlovlar, yaratilgan imtiyozlar bilan tanishtirish maqsadida 9-14-sentabr kunlari “Tanishtiruv haftaligi” boʻlib oʻtmoqda.

Bunda, talabalar institutda yaratilan sharoitlar bilan tanishish barobarida, boʻsh vaqtlaridan samarali foydalanishlari uchun hozirlangan obyektlarga borib, oʻzlari uchun institutni qayta kashf etishmoqda. Xususan, Navoiy davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazi, institut tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi shular jumlasidandir.