“Yuksalish” harakati Navoiy viloyati hududiy boʻlinmasi rahbari A.Jalilov (partiyaning jamoatchilik asosida raisi) hamda Oʻzbekiston ekologik partiyasining Navoiy viloyati Kengashi raisi oʻrinbosari A.Joʻrayevlar Navoiy davlat pedagogika institutida boʻldilar. Mehmonlarni Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov qabul qilib, bugungi kunda ekologik muammolarni hal etishda oʻzaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, yosh ekolog olimlar va talabalar bilan uzviy hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar.
Rektor Muxiddin Kalonov institut bu borada aniq strategiyasiga ega ekanligi haqida fikr bildirdi. Ta’kidlaganidek, Navoiy viloyatining ekologiyasi boshqa hududlarnikidan farq qiladi. Shu bois ham ekologik inqirozni oldini olishda ilmiy-innovatsion ixtirolar qilish bo‘yicha takliflar bildirilib, hamkorlik memorandumi tuzishga kelishib olindi. Shuningdek, oliy taʼlim muassasi va partiya hamkorligida ekologik madaniyatni oshirish, ekologiyaga oid ilmiy izlanishlarni davom ettirish, yoshlarni tabiatga nisbatan daxldorligini oshirish boʻyicha forum va tadbirlar oʻtkazishga kelishib olindi.