Oliy ta’lim muassasasida “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida “Talabalikka bag’ishlov” bayram tadbirlari davom etmoqda. Rus va qozoq filologiyasi hamda Ingliz tili va adabiyoti fakultetlarida tashkil etilgan bayram tadbirida institutimiz rektori, professor Muxiddin Kalonov ishtirok etib, talabalarni, professor-o‘qituvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabriklab, o‘zining eng samimiy tilaklarini yo‘lladi.
So‘zga chiqqan talabalar yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar, qulayliklar haqida tengdoshlariga o‘z tavsiyalarini berib o‘tishdi.