Oliy ta’lim muassasalarida yangi — 2024/2025 o‘quv yili bugun — dushanba, 9-sentyabr sanasidan boshlandi. Erta tongdan Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, tyutorlar talabalar va ularning yaqinlarini samimiy kutib oldilar.
Institutning barcha fakultetlarida “Talaballika bag’ishlov” bayram tadbirlari tashkil etildi. Ana shunday bayram tadbirlarining dastlabgisi Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Madhiya sadolaridan so‘ng institut rektori, professor Muxiddin Kalonov so‘zga chiqib, “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida yig‘ilganlarni Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi hamda 2024/2025-o‘quv yili bilan tabrikladi.
Tadbir davomida San’atshunoslik fakulteti jamoasining kuy-qo‘shiqlari ijro etildi.