loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institut rektori 3 karra paralimpiya o‘yinlari chempioni Xusniddin Norbekovning ota-onasini tabrikladi

Ayni kunlarda Fransiya poytaxti Parij shahrida paralimpiya o‘yinlari davom etmoqda.

Mazkur nufuzli turnirda delegatsiyamiz vakillari qatorida Navoiylik para-sportchi Xusniddin Norbekov muvaffaqiyatli chiqishlari bilan faxrli o‘rin — oltin medalni qo‘lga kiritib, 3 karra “olimpiada chempioni”, degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

Shu munosabat bilan Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov chempionning xonadoniga tashrif buyurib, Xusniddin Norbekovning ota-onasini yuksak g‘alaba bilan e’tirof etdi.

Xusniddin Norbekov para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F35 klassida yadro uloqtirish musobaqasida 16.82 metr natija qayd etib, uchinchi bor Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi va o‘zbek sportida o‘z o‘chmas tarixini yaratdi.