loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Rektor va doktorantlar uchrashuvi tashkil etildi

Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda tahsil olayotgan doktorantlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Unda doktorantlar uchun ilmiy ishlarni yozish tartib-qoidalari boʻyicha umumiy tushunchalar, sohadagi yangiliklar haqida maʼlumotlar berib oʻtildi.

Mamlakatimizda ilm-fan namoyondalariga, shu jumladan doktorantlarga yaratib berilgan imkoniyatlar, qulayliklar boshqa biror bir davlatda uchramasligi taʼkidlandi. Ulardan faqat ilmiy ish bilan mashgʻul boʻlishlari, dissertatsiya mavzulariga yaqin boʻlgan ilmiy ishlarni oʻrganib chiqishlari, ilmiy jurnallarda maqolalalar chop etishlari, ilgʻor jahon amaliyotiga mos boʻlishlari, shaxsiy ish rejada belgilangan vazifalarini oʻz vaqtida bajarishlari xususida fikrlar bildirildi.

Uchrashuv davomida doktorantlarning vazifalari alohida aytib oʻtilib, masʼullarga ularning ish rejalarini monitoring qilish topshirildi. Shuningdek, izlanuvchi doktorantlar tomonidan ham takliflar berildi.