loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institutning yangi oʻquv yilidagi birinchi sonli Kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti Ilmiy kengashining 2024/2025 oʻquv yilidagi 1-sonli yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishni institut rektori, professor — Kengash raisi Muxiddin Kalonov olib bordi.

Kun tartibidan 5 asosiy masala va bir qancha turli masalalar oʻrin olgan. Jumladan, edo.ijro.uz elektron portalidagi ijro intizomi, oʻtgan oʻquv yilida institutda amalga oshirilgan ishlar va yangi oʻquv yilida belgilangan strategik vazifalar, 2024-2025 oʻquv yili uchun barcha taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar namunaviy oʻquv rejasi asosida ishchi oʻquv rejalari,  oʻquv soatlari, professor-oʻqituvchilarning oʻquv yuklamalari hajmi, ishchi fan dasturlari, oʻquv-uslubiy majmualar, oʻquv jarayoni grafigini va oʻquv jarayoni bilan bogʻliq boshqa meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini taʼminlashga doir kompleks vazifalar, institut Kengashining ish rejasi, Kengash Nizomi va institut kengashining tarkibini tasdiqlash kabi masalalar koʻrib chiqilib, muhokama qilindi.

Kun tartibidan oʻrin olgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.