loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institutda navbatdagi matbuot anjumani oʻtkazildi

Matbuot anjumanida jurnalist va blogerlarga institutda amalga oshirilgan ishlar va yangi oʻquv yilida belgilangan strategik vazifalar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Navoiy davlat pedagogika institutida “Institutda 2024/2025 oʻquv yili uchun qabul jarayonlari, yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik hamda talabalarni turar joy bilan taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar” mavzusida navbatdagi Matbuot anjumani oʻtkazildi.

Anjumanda dastlab institut rektori, professor Muxiddin Kalonov oliygohda 2023-2024 oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar va 2024-2025 oʻquv yilida belgilangan strategik vazifalar toʻgʻrisida toʻxtalib, oliy taʼlim tizimidagi oʻzgarishlar, yangiliklar va islohotlar haqida gapirib oʻtdi. Shu bilan birgalikda institutda olib borilayotgan tizimli ishlar haqida OAV vakillariga maʼlumot berildi.

– Joriy oʼquv yilida bakalavriat taʼlim yoʼnalishining kunduzgi taʼlim shaklida maxsus pedagogika: logopediya, astronomiya, amaliy matematika va sport faoliyati: dzyudo, futbol, basketbol, voleybol va qoʼl toʼpi yoʼnalishlari ochildi, – dedi institut rektori Muhiddin Kalonov. – Joriy oʼquv yili oldidan institut mablagʼlari hisobidan tarix, ingliz tili va adabiyoti, rus va qozoq filologiyasi, jismoniy madaniyat fakultetlari binolari, shuningdek, 3 ta talabalar turar joylari joriy taʼmirlandi. Institut bosh binosida talabalarni yotoqxona hamda ijara xonadonlari bilan taʼminlash markazi ishga tushirildi. Har bir talabalar turar joylarida ushbu markazlarning filiallari tashkil qilinib, ular uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda. Oʼquv yilini namunali boshlash va zamonaviy sharoitlarni yaratish maqsadida Bosh bino hududida zamonaviy “Registrator ofis” binosi qurilishi davom etmoqda.

Matbuot anjumanida taʼkidlanganidek, institut bir qator xalqaro reytingda eʼtirof etildi. Jumladan, 2024 yilning iyun oyida Buyuk Britaniyaning Times Higher Education (Impact Rankings) THE reyting agentligi – dunyo universitetlarining BMT – “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga (SDGs) muvofiqligini baholovchi global reytingda 17 ta yoʼnalish boʼyicha Navoiy davlat pedagogika instituti ilk bor TOP – 1000 talik oliy oʼquv yurtlari qatorida qayd etildi. Shuningdek, sifatli taʼlim boʼyicha 401-600 oʼrinda, “University Impact Ranking-2024” natijalarida gender tengligi boʼyicha 401-600 oʼrinda, qayta tiklanuvchi energiya boʼyicha 601-800 oʼrinda, sanoat innovatsiyasi va infratuzilmasi boʼyicha 601-800 oʼrinda, ekotizimlarini asrash boʼyicha 801+ oʼrinlarini egalladi.

Institutda Xalqaro reytingi baland boʼlgan xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan ham professor-oʼqituvchilar almashinuvi yoʼlga qoʼyildi. 2024 yilning shu davrida institut oʼqituvchilarining 44 nafari xorijiy oliy taʼlim muassasalarida stajirovka oʼtab qaytdi. Shuningdek, 18 nafar xorijlik mutaxassis institutda boʼlib, mahorat darslarini oʼtib berdi.

Hozirgi kunga qadar Navoiy davlat pedagogika instituti АQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Ozarbayjon, Belarusь, Hindiston, Malayziya, Rossiya, Qozogʼiston, Tojikiston, Qirgʼiziston kabi davlatlarning 30 dan ortiq reytingi baland oliy oʼquv yurtlari bilan shartnoma, memorandumlar imzolagan va taʼlim sohasida hamkorlik qilmoqda.

2021-2024 yillarda institutning “Psixologiya” hamda “Oʼzga tilli maktablarda rus tili” taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha Belarus Respublikasining Polotsk davlat universiteti bilan “2+2” dasturi asosida qoʼshma taʼlim dasturini yakunladi va ilk bor 13 nafar talaba Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Polotsk davlat universiteti talabasi sifatida “qoʼsh diplom”li boʼldi.

Matbuot anjumanida institutning 2024/2025 oʼquv yili uchun belgilangan strategiyasi haqida ham maʼlumot berildi.

Institutda taʼlim sifati bosqichma-bosqich oshirilib, oʼquv, talabalarga xizmat koʼrsatish tizimlari toʼliq raqamlashtiriladi va HEMIS tizimi boshqaruviga oʼtkaziladi. Natijada taʼlim jarayonlariga inson omilining aralashuviga yoʼl qoʼymaydi. Taʼlim jarayonlari xalqaro standartlarga moslashtirib, “kredit-modul” tizimiga toʼliq oʼtkaziladi.

Jahonning rivojlangan TOP-300 talik roʼyxatida turadigan oliy taʼlim muassasalarining oʼquv fan va rejalari, dasturlari oʼzlashtiriladi, taʼlimning yangicha texnologiyalari tatbiq etiladi.

Аxborot resurs markazi tubdan isloh qilinadi va raqamlashtiriladi. Bu yerga yangi avlod oʼquv adabiyotlari, jahon miqyosida oʼqitiladigan fanlardan adabiyotlar xarid qilinadi. АRMning moddiy-texnik bazasi takomillashtiriladi. Jahonning rivojlangan mamlakatlari kutubxonalari bilan integratsiya qilinadi. Elektron e-kutubxona tizimi joriy qilinadi.

Ilmiy-tadqiqot ishlarini jadallashtirish, laboratoriyalar, Ilmiy aql markazlari bunyod etilib, institutda pedagogika, oʼzbek tili va adabiyoti, matematika, fizika mutaxassisliklaridan ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashlar faoliyati yoʼlga qoʼyiladi.

Navoiy davlat pedagogika instituti kampusini barpo etish ishlari boshlanib, oʼquv sifatini yanada yaxshilash, samaradorligini oshirish, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni namunali tashkil qilish borasida moddiy-texnik taʼminot mustahkamlanadi.

Shuningdek, jurnalistlarning institutda talabalarni turar joyi bilan taʼminlash qay darajada tashkil qilingani, QS reytingiga kirish boʻyicha bajarilayotgan talablar va boshqa dolzarb savollariga atroflicha javob berildi.

Anjuman davomida jurnalist va blogerlarning institut bilan hamkorlikdagi faoliyati eʼtirof etilib, doimiy hamkorlik qilib kelayotgan bir guruh OAV xodimlariga institutning esadlik sovgʻalari topshirildi.