loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institut huzuridagi Navbahor koʻp tarmoqli texnikumida ham yangi oʻquv yili boshlandi

4-sentyabr sanasidan boshlab Navoiy davlat pedagogika instituti huzuridagi Navbahor koʻp tarmoqli texnikumida ham yangi 2024/2025 oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Navbahor koʻp tarmqoli texnikumida Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari boʻyicha), Buxgalteriya hisobi va audit, Maktabgacha taʼlim tashkiloti uslubchisi, Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi, Kompyuter
injiniringi, Metallurgiya mashinalari va jihozlari, Elektr energiyasini uzatish va taqsimlash sohasini metrologik taʼminlash, Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari yoʻnalishlari boʻyicha jami 553 nafar oʻquvchilar taʼlim olishadi.

2022-yilda texnikumning 63 nafar bitiruvchisidan 58 (92,%) nafarining bandligi taʼminlangan boʻlsa, 2023-yilda 84 nafar bitiruvchidan 63 (75%) nafarining
bandligi taʼminlandi.