loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institut rektori Paralimpiya o’yinlari oltin medali sohibi Elbek Sultonovning ota-onasini qutladi

Ma’lumki, ayni kunlarda Fransiyada “Parij-2024” paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli turnirda delegatsiyamiz vakillari qatorida Navoiylik para-sportchi, Navoiy davlat pedagogika institutning 2023-yilgi bitiruvchisi Elbek Sultonov ham muvaffaqiyatli chiqishlari bilan faxrli o‘rin — oltin medalni qo‘lga kiritib, “olimpiada chempioni”, degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

Shu munosabat bilan Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov chempionning xonadoniga tashrif buyurib, Elbek Sultonovning otasini g‘alaba bilan tabrikladi.

Biz — institut jamoasi farzandingizni qo‘lga kiritgan yuksak g’alaba bilan tabriklaymiz! Elbekday sportchini etishib chiqishida biroz bo‘lsa hissa qo‘shganimizdan mamnunmiz!

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, Elbek Sultonov para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston va Xalqaro toifadagi sport ustasi hisoblanadi. U 2020-yil Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetiga davlat granti asosida talabalikka qabul qilingan. “Tokio-2020” paralimpiya o‘yinlari bronza medali sohibi. 2021-yil yakunlari bo‘yicha yilning eng matonatli erkak sportchisi nominatsiyasi g‘olibi.

Elbek Sultonov Navoiy davlat pedagogika institutida tahsili mobaynida ham bir qancha yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Jumladan, 2021-yil Navoiy davlat pedagogika institutida yil yakuni bo‘yicha eng samarali faoliyat olib borgan sportchi talaba sifatida zamonaviy Notebook bilan taqdirlangan, 2022-yil Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng yaxshi talaba” tanlovining institut bosqichida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, institut tomonidan mukofotlangan.

2023-yil Navoiy davlat pedagogika institutini muvaffaqiyatli tamomlagan. 2024-yil Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi paraolimpiada o‘yinlarida Erkaklar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish bahslarida Elbek Sultonov 16.45 metr natija qayd etgan holda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Navoiy davlat pedagogika institut jamoasi Elbek Sultonovni buyuk g’alabasi bilan samimiy muborakbod etadi!