All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

NDPI huzuridagi akademik litseyida yangi o‘quv yili boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligi hamda “Bilimlar kuni” munosabati bilan “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida Navoiy davlat pedagogika instituti huzuridagi akademik litseyida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Davlatimiz Madhiyasi sadolari bilan boshlangan birinchi qo‘ng‘iroq tadbirida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov ishtirok etib, litsey jamoasini, o‘quvchilarini Istiqlol ayyomi va yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdi.
So‘nggi yillarda barcha sohalar kabi oliy ta’lim tizimida, professional ta’limda ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Birgina misol, bu — qabul kvotalari oshishi, oliy ta’limga kirish imtihonlarida berilgan yengilliklar, qulayliklar haqida fikrlar bildirildi. Akademik litsey bitiruvchilarining 98 foizi oliy ta’limga o‘qishga kirgani e‘tirof etildi.

O‘qishga kirganlarning 102 nafari (51 foizi) davlat granti asosida qabul qilindi. 4-22, 5-22, 6-22, 7-22 guruhlarida o‘quvchilarning o‘qishga kirish ko‘rsatkichi 100% ni tashkil qilgan bo‘lsa, 3-22 guruhda o‘quvchilarning o‘rtacha bali 163,7 ball, 4-22 guruhida 155,4 ball, 2-22 guruhida 155 ballni tashkil qildi.

E’tiborlisi, akademik litsey bitiruvchilari to‘plagan ballarining o‘rtacha ko‘rsatkichi 137,23 ball, viloyatda birinchi, Respublikada 3-o‘rinni egalladi.

2023/2024 o‘quv yili davomida o‘quvchilarining jami 136 nafari xorijiy tillarni bilish sertifikatini qo‘lga kiritgan. Shundan 32 nafari xalqaro sertifikat, 98 nafari milliy (B2) sertifikati, 6 nafari milliy (C1) sertifikatiga ega bo‘lgan. O‘tgan o‘quv yilida o‘zining a’lo bilimi, namunali xulqi va faolligi bilan o‘rnak ko‘rsatgan 18 nafar akademik litsey o‘quvchilari “Akademik litseyi iftixori” stipendiyasi bilan taqdirlandi.  2024/2025-o‘quv yilida litsey o‘quvchilarga 52 nafar pedagoglar dars beradi. Shundan: 1 nafar falsafa fanlari doktori, 1 nafar fan nomzodi, 1 nafar dotsent, 25 nafar bosh o‘qituvchi, 13 nafar yetakchi o‘qituvchi, 7 nafar katta o‘qituvchi, 4 nafar oliy ma’lumotli o‘qituvchilar.

Tadbir davomida kirish test imtihonlarida maksimal 189 ball olgan bir guruh litsey o‘quvchilarining ota-onalariga tashakkur bildirildi. Shuningdek, badiiy jamoalar tomonidan raqslar tadbir qatnashchilari e’tiboriga havola etildi.