loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Rektor tabrigi

Qadrli vatandoshlar, hurmatli ustozlar va aziz talabalar!

Sizlarni eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!

«Bir bo`lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!» shiori ostida, Istiqlol ayyomi — xalqimizning azaliy orzusi ushalgan, o‘z erkini o‘z qo‘liga olgan tarixiy kundir.

Sizlar uzoq yillik va ko‘p qirrali faoliyatingiz bilan muhtaram Prezidentimiz tomonidan Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessansga mustahkam poydevor qo‘yish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga kamarbasta bo‘lib kelmoqdasiz.

Ayniqsa, xalqimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish, yoshlarni jonajon Vatanimizga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi fidoyi xizmatingiz bilan barchaga ibrat bo‘lib kelayotganingiz alohida tahsinga loyiqdir.
Yurtimizda ozodlik, hurlik va istiqlol keng tantana qilinayotgan ushbu quvonchli kunda Sizlarni Mustaqillik bayrami bilan yana bir qutlab, Vatan ravnaqi, yurt taraqqiyoti, el farovonligi yo‘lida olib borayotgan ishlaringizga ulkan zafarlar tilayman!

Qalbingizni sevinch, oilangizni shodu xurramlik, xonadoningizni qut-baraka aslo tark etmasin!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz boy, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Samimiy ehtirom bilan, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor M.Kalonov.