loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Muhtoj insonlarga mehr-muruvvat koʻrsatish, ularning holidan xabar olish ham farz, ham qarz amallardandir.

Mamlakatimiz istiqlolining 33 yillik bayrami shukuhi dillarga quvonch bagʻishlayotgan shu kunlarda qalbi oʻksik insonlarga mehr muruvvat koʻrsatilmoqda.

Darhaqiqat, nogironiligi boʻlgan va imkoniyati cheklangan (eshitish va gapirish qobiliyatida nuqsoni boʻlgan) shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, reabilitatsiya qilish, ijtimoiy integratsiyalash, teng huquqliligini hamda teng hayot imkoniyatlarini taʼminlashga koʻmaklashish — insoniylik fazilat hisoblanadi.

Ayni shu maqsadda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yillik bayrami arafasida bugun — juma kuni Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov Navoiy shahridagi “Koʻzi ojiz” va “Nogironlar uyi”ga tashrif buyurib, u yerda istiqomat qilayotgan maktab yoshdagi bolalarga maktab sumkasi va anjomlari, qiynalgan va imkoniyati cheklangan oilalarga esa oziq-ovqat mahsulotlarini ehson qildi.

Rektor bayram bilan qutlar ekan keyingi yillarda yurtimizda inson qadr qimmatini yanada yuksaltirish yoʻlida olib borilayotgan islohotlar haqida fikr bildirdi.

Darhaqiqat, mustaqillik xalqimizning qadri va qimmatini tikladi. Eʼtibordan mamnun yurtdoshlarimiz tashkilotchilarga oʻzlarining ehtirom va tashakkurlarini bildirdilar.